09:11 / 21.04.2017
5325

Xitoy jamoasi Diyego Kosta transferi ustida ishlamokda

«Tyantszin Tsyuantszyan» futbol klubi egasi Shu Yuxui jamoa «Chelsi» hujumchisi Diyego Kostani xarid qilish ustida ishlayotganini xabar berdi.

«Shuni aytishim mumkinki, biz Diyego Kostaning transferi ustida hamon ishlayapmiz. Shuningdek boshqa o‘yinchilar bilan ham aloqalar o‘rnatdik.

Klub xorijiy o‘yinchilarni xarid qilish bo‘yicha yuqori standartni o‘rnatdi, biroq ular «Bavariya» yoki «Real» kabi top-klublarni tanlashmoqda. Aniq aytishim mumkinki, biz o‘z oldimizga xuddi o‘sha top-jamoalarniki kabi maqsadlarni qo‘yamiz», - deya Yuxuining so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

O‘tgan qishda Kosta «Tyantszin Tsyuantszyan»dan taklif olgani xabar qilingandi. Xitoy klubi «Chelsi»ga ispaniyalik futbolchi uchun 107 million yevro bermoqchi bo‘lgan, biroq rad javobini olgan.

Diyego Kosta ushbu mavsumda «Chelsi» uchun barcha musobaqalarda 35 bahsda 18ta gol kiritdi.

Top