20:14 / 21.04.2017
6048

Toshkent derbisida g‘alaba qozongan «Lokomotiv» yana o‘z o‘rniga qaytdi

O‘zbekiston chempionatining 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Paxtakor» futbolchilari «Lokomotiv»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Stanislav Andreyev penaltini aniq amalga oshira olmadi. 26-daqiqada esa Marat Bikmayev unga 11 metrlik nuqtadan qanday tarzda zarba berish lozimligini ko‘rsatib qo‘ydi va hisobni ochdi. 34-daqiqada Adnan Oraxovats hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda so‘nggi dekadasida Marat Bikmayev Lobanovdan qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan holda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

So‘nggi daqiqalar juda asabiy ruhda o‘tdi. Avvaliga Kamoliddin Tojiyev qizil kartochka olib maydonnni tark etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jarima maydonchasiga yetib kelgan «Paxtakor» darvozaboni Aleksandr Lobanov Muhammad Kone bilan tortishib qolgani uchun avvaliga sariq kartochka ishlab oldi. O‘sha vaziyat davomida burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Lobanov boshi bilan darvozaga yo‘llab qahramon bo‘lishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi. Noaniqlikdan asabiylashgan Lobanov Nesterov erkin zarba bilan o‘yinga kiritishni istagan to‘pni tepib yubordi va bir daqiqa ichida ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan haydaldi. Uchrashuvda esa hisob o‘zgarmay qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni (6 o‘yin) 15taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. «Paxtakor»esa 7 uchrashuvda 7 ochko to‘plab, 12-o‘rniga tushib ketdi.

Oliy liga, 7-tur
«Paxtakor» – «Lokomotiv» 1:2 (1:1).
Gollar:
 Adnan Oraxovats (34) — Marat Bikmayev (26, penalti, 81). 
Amalga oshirilmagan penalti: Stanislav Andreyev (9, Paxtakor)

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 68), Adnan Oraxovats, Yuritsa Bulyat, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Akbar Ismatullayev, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Sherzod Karimov (Hojiakbar Jo‘rayev 90+5), Jasur Hakimov (Shoxruh Mahmudhojiyev, 86).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhammad Kone, Salim Mustafoyev (Bobur Yo‘ldoshev, 60), Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev (Quvondiq Ro‘ziyev, 84), Murod Bobojonov (Diyor Turopov, 70).
Ogohlantirishlar: Vladimir Kozak (19), Marat Bikmayev (27), Davron Hoshimov (42), Kaxi Maxaradze (60), Kamoliddin Tojiyev (78), Aleksandr Lobanov (90+3), Muhammad Kone (90+3) 
Chetlatish: Kamoliddin Tojiyev (85), Aleksandr Lobanov (90+3, ikkalasi — Paxtakor)

Top