23:22 / 21.04.2017
7950

WikiLeaks MRBning yangi maxfiy hujjatlarini chop etdi

WikiLeaks tashkiloti AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining "Yig‘layotgan farishta" dasturidan foydalanish yo‘riqnomasini chop etdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilindi

Maqolada aytilishicha, maxfiy dastur Samsung F Series ko‘p funksiyali televizorlaridan tinglovchi qurilma sifatida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Avvalroq WikiLeaks dastur televizor ichiga o‘rnatilgan mikrofon yordamida audioyozuv olib borib, so‘ngra ularni MRBga jo‘natishga imkon berishini oshkor qilgandi.

Ta'kidlanishicha, bu dastur MRB tomonidan Britaniyaning MI-5 kontrrazvedka xizmati yoramida yaratilgan. Ma'lum qilinishicha, dastur uchun asos sifatida Britaniyada avvalroq yaratilgan "Tarqalish" deb nomlangan dastur olingan.

7 mart kuni WikiLeaks MRB tomondan qo‘llanuvchi kiberhujum usullari haqida ma'lumotlarni chop etishni boshladi. Bu ma'lumotlarga ko‘ra, MRB mobil telefonlar yordamida kuzatuv olib borishga imkon beruvchi hamda butun dunyo bo‘ylab smartfonlarga kira oluvchi texnologiyalarni ishlab chiqqan. Smartfonlarga kira oluvchi texnologiyalar,  jumladan WhatsApp va Telegram messenjerlaridagi audiotrafik va elektron xabarlarni o‘qishga imkon bergan.

Top