18:21 / 22.04.2017
6795

Afg‘oniston harbiylari 60ga yaqin jangarini yo‘q qildi

Afg‘on harbiylari bir kecha-kunduz mobaynida o‘tkazgan maxsus amaliyotlar chog‘ida kamida 58 nafar jangarini yo‘q qildi. Ularning 42 nafari IShID terrorchi guruhi a'zolari bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi. 

IShID jangarilari sharqiy Nangarxar viloyatida yo‘q qilingan. Harbiylar amaliyoti Deh Bala, Achin muzofotlarida o‘tkazilgan. AQSh bu yerda IShIDning yerosti tunnellariga o‘ta kuchli bombalarni tashlagan edi. 

Top