12:18 / 22.04.2017
23830

Qo‘qon IIBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, podpolkovnik G‘ofurov Ziyohiddin Ne'matjonovich Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Bundan tashqari, podpolkovnik Ketmonov Iqboliddin Homidjonovich – Andijon viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Hamidov Doniyor Ne'matovich – Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Nozirov Rahimjon Ro‘zimurodovich – Buxoro viloyati Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik To‘rayev Dilshodbek Saydullayevich – Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq, 11 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Qo‘qon shahar hokimi, shahar prokurori, soliq boshlig‘i va ichki ishlar boshlig‘i ishdan olingani haqida xabar bergandik

Mavzuga oid
Top