00:40 / 22.04.2017
21097

Tojikiston Eronning ShHTga qo‘shilishiga qarshi chiqmoqda

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanghay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi (TIVK) majlisi o‘z ishini yakunladi. Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davlat rahbarlari Kengashining 8–9 iyunga mo‘ljallangan uchrashuviga tayyogarlik ko‘rishning so‘nggi bosqichi bo‘ldi. «Izvestiya» gazetasining xabariga ko‘ra, muzokaralar mobaynida Eronning ShHTga to‘laqonli a'zo sifatida qabul qilish jarayoni ham o‘rganilgan. Rossiya nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, bu hol Tojikistonda ba'zi savollarni paydo qilgan.

 

Hindiston va Pokiston

ShHT TIVK sessiyasini ochar ekan, Qozog‘iston tashqi ishlar idorasining rahbari Qayrat Abdurahmonov terrorizm va narkotafikka qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish zaruriyatini ta'kidlagan. U, shuningdek, ShHTga Hindiston va Pokistonning a'zoligini rasmiylashtirish jarayoni yakunlanayotganiga e'tibor qaratgan.

Majlis tugagach, RF TIV rahbari Sergey Lavrov ham shu mavzuga to‘xtalgan. Uning aytishicha, qatnashuvchilar hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqishgan va ular iyun oyida davlat rahbarlariga ma'qullash uchun taqdim etiladi.

— Albatta, avvalo, bu Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a'zo bo‘lishini rasmiylashtiruvchi yakuniy qarorlardir. Bu tarixiy hodisa bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, — degan Sergey Lavrov.

«Valday klubi» eksperti, Rossiya TIV qoshidagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Sharqiy Osiyo va ShHT tadqiqotlari markazi direktori, Oliy iqtisodiyot maktabi xalqaro munosabatlar departamenti rahbari Aleksandr Lukinning «Izvestiya»ga bildirishicha, Hindiston va Pokistonning ShHT a'zosi sifatida rasmiylashtirilishi tashkilot rivojida eng muhim nuqta bo‘ladi.

— Bu tashkilotning ilk kengayishi bo‘ladi. Unga jahonning eng yirik ikki davlat a'zo bo‘lmoqda. Ya'ni endi u yanada nufuzli va zalvorli tashklotga aylanadi. Bundan tashqari, shu paytgacha ShHTni Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyodagi birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtiruvchi struktura, deb bilishar edi. Tashkilotda barcha qarorlar konsensus asosida qabul qilinib kelingan bo‘lsa-da, tushunarli sabablarga ko‘ra unda Moskva va Pekinning ta'siri kattaroq edi. Hindistonning qabul qilinishi ShHTni yanada ko‘p qirrali bo‘lishiga zamin yaratadi. Yangi Dehli iqtisodiy hamkorlik rivojiga ham, mintaqada vaziyatni barqarorlashtirishga ham katta hissa qo‘shadi, — deya ta'kidlagan Aleksandr Lukin.

 

Eron muammosi

Agar Hindiston va Pokistonning a'zoligi hal qilinib bo‘lingan masala bo‘lsa, ShHT ishiga Eronni jalb qilinishi muallaq holatda turibdi. O‘zining kirish so‘zida Qayrat Abdurahmonov tashkilotga ayni paytda kuzatuvchi maqomidagi Eron Islom Respublikasini qabul qilish zaruriyatini ta'kidlab o‘tgan. Sergey Lavrov ham Tehron «BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo‘llanilgan sanksiyalar bo‘yicha masalalarni hal qilgani; endi u ShHTga a'zo bo‘lish kriteriylariga to‘la mos kelishi» haqida gapirgan.

— Biz umid qilamizki, iyun oyida Ostonada davlat rahbarlari Eronning ham to‘laqonli a'zoga aylantirish jarayonini ishga tushirish masalasini ham muhokama qilishadi», — degan Sergey Lavrov.

«Izvestiya»ga Rossiya delegatsiyasidagi manbaning xabar berishicha, Tojikistondan tashqari barcha davlatlar Eronning tashkilot doirasidaga ishlarga chuqurroq jalb qilinishini qo‘llab quvvatlaydi.

— Dushanbening pozitsiyasi shu bilan tushuntiriladiki, Eron hukumati o‘z vaqtida tojik islomiy muxolifat yetakchilaridan biriga siyosiy boshpana bergan. Respublika hukumati Tehron shu yo‘l bilan amaldagi hukumat pozitsiyasiga putur yetkazishga harakat qilmoqda. Biroq, aslida bunday emas, — degan manba.

Gazeta suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Eronning ShHTga a'zo qilib olinishi tashkilotni yangi sifat darajasiga chiqarishi mumkin.

 

Suriya inqirozi

Suriyadagi vaziyat nafaqat Sergey Lavrov va uning xitoylik hamkasbi Vang I o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama mavzusi bo‘ldi, unga ShHT TIVK majlisida ham to‘xtilib o‘tilgan. Bu haqda Rossiya vazirining o‘zi aytib o‘tgan. Lavrovning qayd etishicha, qatnashuvchilar mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning muqobili yo‘qligi va sulhni saqlash zaruriyati haqida yakdil to‘xtamga kelishgan.

Rossiya vazirining tushuntirishicha, Moskva o‘t ochishni to‘xtatish bitimi qatnashuvchilari doirasi qurollangan muxolifatning yangi guruhlari hisobiga kengaytirilishiga erishmoqchi.

— Parallel ravishda ters jarayon yuz berayotgani — «Jabhat-un-Nusra» terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlayotganlar uning safiga qo‘shimcha qurollangan otryadlarni qo‘shib, ularni Ostona bitimidan uzib qo‘yishga harakat qilayotgani sababli ham jarayon murakkablashmoqda, — degan Sergey Lavrov.

 

Yana nimalar haqida so‘zlashildi?

Rossiya vazirining hikoya qilishicha, ShHT TIVK majlisi mobaynida kuchishlatar idoralar tizimi bo‘yicha hamkorlik, gumanitar soha va ekologiya masalalariga daxldor bir qator masalalar ko‘rib chiqilgan. Xususan, ekstremizmga qarshi kurashish konvensiyasi loyihasi, ShHT antinarkotik strategiyasini tayyorlash va uni ro‘yobga chiqarish harakat dasturi haqida so‘z borgan. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik haqida tayyorlanayotgan konvensiya hamda a'zo mamlakatlarning 80dan ortiq oliy o‘quv yurtlarini birlashtiruvchi ShHT Universitetini ishga tushirish haqida hukumatlararo bitim loyihasi muhokama qilingan.

Mavzuga oid
Top