01:07 / 23.04.2017
8151

Yamanda "Al-Qoida"ning bir qator yetakchilari qo‘lga olindi

Yaman armiyasining aksilterrorchilik bo‘linmasi Yaman janubidagi Xardamaut viloyatida "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" terrorchilik tarmog‘ining bir necha dala qo‘mondonini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi arab koalitsiyasi shtabida 22 aprelda ma'lum qilindi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus kuchlar va koalitsiyaning aviatsiyasi ishtirokidagi operatsiya 22 aprelga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Tezkor harakatlar natijasida tarmoqning bir necha yetakchilarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan, ulardan ko‘pchiligi boshqa davlatlardan yollangan jangarilardir. Jangarilar Yaman janubida bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lishgan. 

Yaman harbiylari qo‘liga tushgan dala qo‘mondonlari orasida "yamanlik az-Zarkaviy" sifatida ma'lum bo‘lgan jangarilar yetakchisi ham bo‘lgan. Az-Zarkaviy deyilganda "Al-Qoida"ning Iroqdagi bo‘limi yetakchisi, iordaniyalik Abu Musaba az-Zarkaviy nazarda tutilgan.  U 2006 yilda yo‘q qilingan.

Mavzuga oid
Top