16:22 / 23.04.2017
4647

Donbassda YeXHT avtomobilidagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Lukansk yaqinida YeXHT maxsus monitoring missiyasi avtomobili portlatilishi oqibatida bir xodim halok bo‘lgan. Bu haqda «Lugansk Xalq Respublikasi» matbuot xizmati xabar berdi, YeXHT rasmiysi bu ma'lumotni tasdiqladi.

«Interfaks» agentligining respublika kuch tuzilmasiga asoslanib xabar berishicha, fugas portlagan. Agentlik manbasi aytishiga ko‘ra, bomba ig‘vogarlik maqsadida o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hududda ukrainlarning diversiya-razvedka guruhlari faollashgandi», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, Slavyanoserbsk—Sokolniki yo‘lidagi Prishib aholi turar joy punktida harakatlanayotgan ikki avtomobildan biri portlagan, natijada undagi bir kishi halok bo‘lib, yana bir xodim jarohatlangan.

Mavzuga oid
Top