14:13 / 23.04.2017
23037

Neymarning «Real» bilan o‘yindagi ishtiroki bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi

«Barselona» hujumchisi Neymar Primeraning 33-turida «Real»ga qarshi o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati rasman xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Ispaniya Sport tribunali (TAD) o‘yin boshlanishiga 12 soat vaqt qolganida «Barselona» tomonidan Neymarning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha apellyatsiyasini rad etgan.

Bundan avvalroq, TAD shanba kuni «Barselona»ning Neymar ishi bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqishi xabar qilingandi.

Biroq, sud mahkamasi vaqtida o‘tkazilmay qolgani tufayli, ish hal bo‘lmadi. Shuning uchun ham, «Barselona» tavakkal qilib o‘tirmadi va 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyatga uchramaslik uchun Neymarni o‘yin zayavkasiga kiritmadi.

Braziliyalik ushbu futbolchi «Malaga»ga qarshi uchrashuv vaqtida hakam yordamchisiga nisbatan sportga xos bo‘lmagan harakat qo‘llagani uchun 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

«Real» — «Barselona» bahsi bugun, 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da «Santyago Bernabeu» stadionida boshlanadi.

Mavzuga oid
Top