20:48 / 23.04.2017
23317

Olimlar eng aqlli jonzotlar reytingini tuzishdi

Zoologlar xalqaro guruhi hayvonlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganib, hayvonot dunyosining eng aqlli vakillari reytingini tuzishdi. 

Ushbu reytingda maymunsimonlar yetakchilik qilmoqda. Olimlar ular imo-ishora va inson nutqini tushuna olishlari hamda turli harakatlarga oson o‘rgatilishlari mumkinligiga e'tibor qaratishgan.

2-o‘rinni delfinlar egallagan. Bu dengiz jonzotlari qo‘lga oson o‘rgatiladi va 14 mingta turli tovush signali chiqara oladi hamda ular yordamida bir-birlari bilan o‘zaro muloqot qiladi. 

3-o‘rin esa fillarga berildi. Mutaxassislarning fikricha, bu jonzotlar ajoyib xotiraga ega. Bundan tashqari, ular infratovush va oyoqlarini topillatish yordamida bir-birlari bilan axborot almasha oladilar.

Uy jonzotlari orasida eng aqllilari mushuklar va itlar ekanligi qayd qilindi. Biroq olimlar ulardan qaysi birlari aqlliroq ekanligi borasida bir to‘xtamga kelisha olmadi, deb ma'lum qildi Nation News.

Top