22:04 / 23.04.2017
17673

TOP-10: "El-klasiko"lar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

Bugun Ispaniya chempionatining 33-turida futbol tarixidagi eng mashhur to‘qnashuv – "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Eng qimmat tarkibga ega ikki grandlar o‘rtasidagi uchrashuvlar ko‘pchilikning e'tiborida bo‘ladi. Bugun Tribuna.uz "el-klasiko" tarixidagi eng mashhur to‘purarlar bilan tanishirib o‘tadi. 

10. Ugo Sanches ("Real Madrid") - 10 ta gol. Meksikalik futbolchi madridliklar tarkibida "Barselona"ni 10 marotaba "xafa qilgan".

9. Xosep Samiter ("Barselona") - 10 ta gol. Kataloniyaliklar tarkibida uzoq muddat to‘p surgan Samiter "qirollik klubi" darvozasiga 10 marta gol kirita olgan. 

8. Santilyana ("Real Madrid") - 12 ta gol. Santilyana esa "Barselona" darvozabonini 12 marta ojiz qoldirgan. 

7. Pako Xento ("Real Madrid") - 14 ta gol. "Real" tarkibida 6 marotaba Yevropa Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi bo‘lib, "Barselona" darvozasiga 14 ta gol kirita olgan. 

6. Ferents Pushkash ("Real Madrid") - 14 ta gol. Vengriyalik mashhur futbolchi ham Pako singari kataloniyaliklarga qarshi kechgan o‘yinlarda 14 ta gol kiritgan. 

5. Sesar Rodriges ("Barselona") - 14 ta gol. Messiga qadar yarim asrdan ortiq "Barselona"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelgan (232 ta gol) Sesar "el-klasiko"lar tarixida ham o‘z o‘rniga ega. Futbolchi 14 marta madridliklar darvozasini ishg‘ol qilgan. 

4. Raul ("Real Madrid") - 15 ta gol. "Real Madrid" tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (741) Raul "Barselona" darvozasiga 15 ta gol kiritgan. 1

3. Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid") - 16 ta gol. "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi to‘purar esa "el-klasiko"da 16 marotaba o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ygan.

2. Alfredo di Stefano ("Real Madrid") - 18 ta gol. Madridliklarning yana bir afsonaviy futbolchisi di Stefano esa kataloniyaliklar darvozasiga 18 ta gol urgan. 

1. Lionel Messi ("Barselona") - 21 ta gol. Argentinalik hujumchi madridliklar darvozasiga 6ta o‘yindan buyon gol kirita olmayotgan (so‘nggi gol: 2014 yil 24 mart ), "el-klasiko"lar tarixidagi eng yaxshi futbolchi hisoblanadi. Uning hisobida 21 ta gol mavjud. 
 

Top