19:58 / 24.04.2017
12731

6 oy ichida 20 million kishi ochlik tufayli hayotdan ko‘z yumishi mumkin

Agarda xalqaro hamjamiyat tezkor choralar ko‘rmasa, taxminan 20 million inson yaqin olti oy ichida ochlik tufayli hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Bu haqda BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Joze Grasianu da Silva dushanba kuni Rimda tashkilot Kengashi sessiyasini ocha turib ma'lum qildi.

"Agarda biz hech narsa qilmasak, yaqin olti oy ichida taxminan 20 million inson ochlik tufayli hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Ochlik nafaqat insonlarning halokatiga sabab bo‘ladi, balki u ijtimoiy beqarorlikka ham olib keladi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Grasianu da Silvaning so‘zlariga ko‘ra, tezkor choralar birinchi navbatda Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda ochlik hamda to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekayotgan kishilarni qutqarish uchun ko‘rilishi lozim.

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashi sessiyasida ish dasturi hamda tashkilotning 2018-2019 yillardagi byudjyeti ko‘rib chiqiladi. Byudjyetda eng ustuvor sohalar belgilab olinadi. 

Kengashda shuningdek tashkilotga a'zo davlatlar tomonidan har yilgi majburiy to‘lovlarning yangi miqdori ham muhokama etiladi. Taklifga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zolar kamroq, boshqa davlatlar esa ko‘proq to‘lashi mumkin. 

Top