13:41 / 24.04.2017
7438

AQSh Mudofaa vaziri e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, Mettis tashrif davomida Afg‘onistonning qurolli kuchlari va yuqori martabalari shaxslari bilan uchrashishni rejalashtirgan. 

Avvalroq, Afg‘oniston mudofaa vaziri Abdulla Xon Habibiy va quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Kadam Shox Shahim iste'foga chiqqani haqida xabar bergandik.

Top