09:41 / 24.04.2017
18107

«Real» o‘z tarixida antirekord o‘rnatdi

Madridning «Real» jamoasi o‘z tarixida ilk bor Primera doirasida o‘z uyida o‘tkazilgan uchrashuvda qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatga uchradi.

«Barselona» bilan «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan 33-tur uchrashuvining birinchi bo‘limida jamoalar bittadan gol kiritdi, Kasemiro va Lionel Messi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ivan Rakitich 75-daqiqada kataloniyaliklarni hisobga oldinga olib chiqdi. «Real» Serxio Ramos chetlatilganidan so‘ng, 77-daqiqadan boshlab bir kam o‘yinchi bo‘lib harakatlana boshladi, biroq madridliklar Xames Rodriges yordamida 85-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida esa Messi kataloniyaliklarga g‘alaba keltirdi.

Messi nomidagi «El-Klasiko». «Barselona» peshqadamlikka qaytdi

Top