07:40 / 25.04.2017
9087

5 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan «Inter»ni rahbariyat antiqa jazoga tortdi

«Inter» rahbariyati jamoaning so‘nggi o‘yinlaridan keskin norozi bo‘lmoqda. Bu haqda klub rasmiy saytida ochiq yozilgan.

Klub «Fiorentina»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (4:5) keyin jamoa menejyerlari 25 dan  30 aprelga qadar futbolchilarni klub bazasiga qamab qo‘yadigan bo‘ldi. Shundan so‘ng jamoa «Napoli»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi.

Klub shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioliga butunlay ishonch bildirishini ta'kidlab o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, milanliklar besh uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti — 2 durang va 3 mag‘lubiyat.

Top