23:10 / 25.04.2017
8368

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev va general Jozef L.Votel O‘zbekiston-AQSh kun tartibi nuqtai nazaridan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, qator xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Urchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ham ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top