16:30 / 25.04.2017
79994

Yana bir qaytish. Toshkentning sobiq hokimi Olmazor tumaniga rahbar bo‘ldi

Toshkent shahri Olmazor tumaniga Abduqahhor To‘xtayev yangi hokim etib tayinlangan. Bu haqda Jizzax shahar hokimligidagi manba «Kun.uz»ga ma'lumot berdi.

U 21 aprel kuni prezident tashrifidan keyin ishdan olingan Bahodir G‘oibnazarov o‘rnida ish boshlagan.

Abduqahhor To‘xtayev 2005 yildan 2011 yilgacha Toshkent shahri hokimi sifatida ishlagan. U 2016 yilning sentabrida, o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev tomonidan Jizzax shahar hokimi etib tayinlangan va shu kunga qadar shu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top