15:44 / 25.04.2017
16732

Yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” ta'lim muassasasining muassisligida chop etilgan “Ma'naviyat targ‘iboti” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov va O‘zMU dotsenti To‘lqin Eshbeklar ishtirok etishdi. Filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov tomonidan yaratilgan ushbu kitob barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy jarayondagi masalalarni keng jamoatchilikka yetkazish usullari bilan bog‘liq ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan. 

Xalq bilan muloqotning muhim manbai nutq orqali ro‘yobga chiqishini bilgan har bir targ‘ibotchi inson qalbiga yo‘l ta'lim va tarbiyadan boshlanishini chuqur idrok etadi. Ta'lim nutqiy, tarbiya esa xulqiy madaniyatni taqozo etishi aniq. Muallif kitobda xuddi shu masalalarga diqqat-eʼtiborini qaratgan. Shuningdek, kitobda har qanday ma'naviyat targ‘ibotchisi o‘z fikrini sodda, ravon, aniq va mantiqiy tarzda yetkazishi uchun notiqlik mahoratidan qanday foydalanishi borasida ibratli mulohazalar o‘rin olgan. Targ‘ibot ta'sirchanligi taraqqiyot talabi, ma'ruzachi maqsadi – hayotiylik, ilmiylik, ta'sirchanlik, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ta'lim-tarbiya ta'sirchanligining muhim omili ekani, “G‘oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy, intellektual loyihaning tub mazmuni, targ‘ibot-tashviqotda notiqlik san'atining o‘rni, nutq mahorati saboqlari, ma'naviyat – ezgu niyat kabi bo‘limlarda bugungi davr talab etgan mavzular borasida so‘z boradi. 

Ayni paytda kitobga “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” ta'lim muassasasida muayyan mavzular bo‘yicha saboq berayotgan yirik mutaxassis va olimlarning ma'ruza matnlari ham muxtasar shaklda ilova qilingan.

 

Mavzuga oid
Top