09:48 / 25.04.2017
4760

Dunyoda 25 mln dan ko‘proq bola qurolli ixtiloflar tufayli ta'lim ololmayapti

Foto: Reuters

Dunyoning 22 ta davlatida yashovchi, 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25 mln dan ko‘proq bola qurolli ixtiloflar tufayli maktabga ta'lim olgani bora olmayapti. Bunday ma'lumotlarni YUNISEF keltirib o‘tdi. 

"6 yoshdan 15 yoshgacha 25 mln dan ko‘proq bola, ya'ni butun dunyo bo‘ylab bu yosh guruhidagi 22 foiz bola qurolli ixtiloflar bilan qamrab olingan 22 davlatda maktablarga bormaydilar", deb aytildi xabarda. Boshlang‘ich sinflarda davomat bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Janubiy Sudanda qayd qilingan, bu davlatda 72 foiz bola maktabga bormaydi. Chad (50 foiz) va Afg‘onistonda (46 foiz) vaziyat birmuncha maqbulroq. Bu uchta davlatda maktabga bormaydigan qizlar eng ko‘pchilikni tashkil qilgan (mos ravishda, 76, 55 va 53 foiz). O‘rta sinflardagi mashg‘ulotlarga qatnash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Niger (32 foiz), Janubiy Sudan (40 foiz) va Markaziy Afrika Respublikasida (55 foiz) qayd qilingan. 

"Ta'lim hech qachon urush vaqtidagidek muhimroq ahamiyatga ega emas. Bolalar ta'limsiz o‘z salohiyatlarini ocha olmaydilar va o‘z oilalari, o‘zlari yashaydigan jamoat va davlatning barqaror kelajagiga hissalarini qo‘sha olmaydilar", deb aytdi YUNISEFning ta'lim masalalari bo‘limi boshlig‘i Jozefin Born.

Bolalar jamg‘armasida ixtiloflar bilan qamrab olingan hududlarda ta'lim dasturlari amalga oshirishlari, jumladan bolalar uchun repetitorlar bilan mashg‘ulotlar va o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari tashkil etishlari ma'lum qilindi. Bundan tashqari, YUNISEF vayron bo‘lgan maktablarni tiklash, mebel va jihozlar xarid qilishda yordam ko‘rsatadi. Misol uchun, Chadda yil boshidan 150 ta sinf tiklangan, 58 ming bola o‘quv qurollari bilan ta'minlangan. Bularning barchasi "Ta'lim kutib o‘tirmaydi" jamg‘armasi sa'y-harakatlari evaziga mumkin bo‘ldi. Bu jamg‘armaning tashkil etilishi haqidagi qaror 2016 yil may oyida Butunjahon gumanitar sammitida qabul qilingan.  

Shunga qaramay, YUNISEF ta'lim dasturlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar yetishmayotgani haqida bong urmoqda. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan beri bu maqsadlar uchun gumanitar operatsiyalarga ajratilgan mablag‘larning bor-yo‘g‘i 2 foizigina yo‘naltirib kelinadi. 

Top