11:29 / 25.04.2017
17083

Karvaxal Suaresga: Damingni ol va uyingda Chempionlar ligasini tomosha qil

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal va «Barselona» hujumchisi Luis Suares «Klasiko» paytida tortishib qolishgan.

AS xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» himoyachisi Serxio Ramos maydondan chetlatilganidan keyin ro‘y bergan o‘zaro to‘qnashuv vaqtida Karvaxal urugvaylik futbolchiga shunday degan: «Yuventus»ga 0:3 hisobida yutqazganlaring yoddan chiqdimi? Ispaniya Kubogida o‘ynash uchun yaxshilab dam olinglar. Uyda Chempionlar ligasini tomosha qilinglar».

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasidagi bahs «Real» maydonida kechdi va «Barselona»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Barselona» YeChLning chorak finalida «Yuventus»ga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lib turnirni tark etgan. Kataloniyaliklar Ispaniya kubogining finalida 27 may kuni «Alaves»ga qarshi o‘ynaydi.

Mavzuga oid
Top