21:43 / 25.04.2017
6842

«MYu» «Monako»dan 50 mln yevroga futbolchi sotib olmoqchi

«MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino «Monako» yarimhimoyachisi Bernardu Silvani o‘z jamoasiga olib kelishni istamoqda. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «Monako» yarimhimoyachisi va Mourinoning agenti bitta ekani, transferning amalga oshishiga yordam berishi mumkin. Jamoalar hozirda qizg‘in muzokaralar olib bormoqda.

Silva «MYu»ga 42,5 million funt sterlingga (50 million yevro) tushishi mumkin. Oldinroq, portugaliyalik futbolchining narxi 60-80 million yevroga baholanayotgandi.

22 yoshli futbolchiga «Bavariya», «Real» va «Chelsi» jamoalari qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Monako» rahbarlari Silva va yana ikki nafar yulduzlarini JCh-2018ga qadar sotmoqchi emasligini bildirib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top