15:11 / 26.04.2017
6692
Bortnikov: maxsus xizmatlar muhojirlar oqimi bilan ishlashni o‘rganishlari kerak
Foto: RIA "Novosti"

Dunyo maxsus xizmatlari terrorchilik tahdidini namoyon etuvchi muhojirlar bilan qanday ishlash kerakligini anglashlari lozim. Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov VI Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ochilishida qilgan ma'ruzasida shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Xavfsiz turmush, boshpana va yetarli ovqatlanish imkonini qidirayotgan qochqinlarning ko‘p millionli oqimlari majburan o‘z vatanlarini tark etishdi… Maxsus xizmatlar insonlarni zo‘ravonliklarga targ‘ib qiluvchi, radikallashuvlariga turtki bo‘luvchi, qasddan ekstremistik va terroristik harakatlar sodir etishga majburlash bilan bog‘liq vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga o‘z vaqtida chora ko‘ra olish uchun bu oqim bilan qanday ishlash kerakligini tushunib olishi kerak", — degan Bortnikov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, muhojirlarning asosiy qismi yoshlardan iborat bo‘lib, "ba'zi bir sabablarga yangi yashash joylariga moslasha olishmaydi".

FXX direktori so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatni e'tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. 

Top