18:20 / 26.04.2017
28357

Endilikda maktab sinflarida o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi kerak

Foto: O‘zA

Tegishli maydonga ega bo‘lgan maktablar sinflarida o‘quvchilar soni 35 nafardan ortib ketishi kerak emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Doniyorov ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga oid ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Yangi ta'lim standartlariga ko‘ra, qator fanlar ro‘yxati bo‘lib, ularda 25 nafar va undan ko‘p o‘quvchilar bo‘lgan sinflarni ikki guruhga ajratishga ruxsat beriladi. Bu xorij tili darslari, maxsus maktablardagi chuqur o‘rganish fanlari (I-IX sinflar), informatika va texnologiyalar darslari (V-IX), jismoniy tarbiya (VIII-IX), o‘zbek tili (ta'lim olishning boshqa tili bo‘lgan maktablarda) va rus tili (II-IX sinflar). Biroq bularning bari yetarli darajada malakali o‘qituvchilar bo‘lsagina ro‘y beradi.

Olis aholi punktlarida umumta'lim maskanlari filiallari tashkil etiladi. Ulardagi o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi. Boshqa umumta'lim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta'lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.

Bundan tashqari, uzoq vaqt statsionar davolanishda bo‘lishi talab etiladigan o‘quvchilar, umumiy o‘rta ta'limni statsionarning o‘zida olishi mumkin bo‘ladi.

Yangi qoidalar Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 15 martidagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 6 apreldagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorlari bilan belgilandi.

Top