21:05 / 26.04.2017
26409

Rossiya bosh shtabi: AQSh Rossiyaga yashirincha zarba berish imkoniyatiga ega

Foto: AP

AQShning raketalarga qarshi mudofaa (RQM) tizimining Yevropada joylashtirilishi Rossiyaga yashirincha raketa-yadroviy zarba berish imkoniyatini yaratadi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh tezkor shtabi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari general-leytenant Viktor Poznixir ma'lum qildi. 

"AQSh RQM tizimlarining Yevropada, RQM kemalarining Rossiya hududiga yaqin dengiz va okeanlarda bo‘lishi Rossiyaga qo‘qqisdan raketa-yadroviy zarba berish uchun kuchli yashirin zarba komponentini yaratadi", deb aytdi Poznixir.  

Bundan tashqari, harbiy mutaxassis Mixail Xodarenok Rossiya va AQSh o‘rtasida RQM muammolari bo‘yicha muloqot qilish imkoniyati borligiga shubha bildirgan.

Top