10:04 / 27.04.2017
69755

Hindistonda Benjamin Batton topildi: 21 yoshli yigit 160 yashar qariya kabi ko‘rinishga ega

Hindistonda tanasi 160 yoshli qariyaga o‘xshash bo‘lgan 21 yoshli Rupesh Kumar ismli yigit topildi. U noyob genetik kasallik – progeriyadan aziyat chekadi.

Yigit boshqa istalgan insonga qaraganda sakkiz marotaba tezroq qarimoqda, deb xabar yozadi Daily Mail. Progeriya sakkiz million insondan bir nafaridagina kuzatiladi.

Uning ota-onasiga hattoki o‘g‘illarini sirkka berishlari uchun pul ham taklif qilishgan.

Kumar – bunday xastalikka ega bo‘lgan eng yoshi katta insondir. Odatda bu kasallikka chalinganlar faqat 13-14 yil umr ko‘rishadi.

Progeriyaning ilk alomatlari bolada sakkiz yoshida paydo bo‘lgan. Uning ota-onasi Hindiston bosh vaziriga maktub yozishdi hamda yordam so‘rashdi, biroq javob kelmagan.

Rupeshning shifokori Yugantar Pandeyning xabar qilishicha, progeriyaning davosi haligicha topilmagan. 

"Bu genetik muammo bo‘lib, u genlarni mutatsiyaga kirishishga majburlaydi", - deydi shifokor.

Ayni damda Rupeshning oilasiga mahalliy xayriya tashkiloti ko‘mak bermoqda.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, aynan progeriya holati yozuvchi Frensis Skott Fitsjyeraldning “Benjamin Battonning sirli tarixi” hikoyasida tilga olingan. Uning asosida yaratilgan kinofilmda esa Bred Pitt bosh rolni ijro etdi.

Yagona farq shundaki, Benjamin Batton – qariya bo‘lib tug‘ilgan qahramon bo‘lib, hayotni teskari yo‘nalishda yashaydi – qarilikdan yoshlikka.

Top