20:16 / 27.04.2017
16192

“Mening bobom va buvim – qahramon” mavzuidagi insholar tanloviga start berildi

Xotira va qadrlash kuni – yurtimizdagi eng muhim bayramlardan biri hisoblanadi. Bu kun har birimiz uchun tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan g‘oliblar jasorati va xotirasini yod etish kunidir!

“Vatan”, “Jasorat” va “Qahramon” kabi tushunchalarga befarq bo‘lmagan barcha xohlovchilarni Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan bobo va buvilari, qarindoshlarining jasoratlarini yod etgan holda, “9 may – Xotira va kadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlangan “Mening bobom va buvim – qahramon” mavzusidagi tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov – Vatani va barchamiz uchun kahramona jonlarini fido qilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari – qarindoshlari to‘g‘risidagi eng yaxshi insholar tanlovi UZINFOCOM Markazi huzuridagi ZiyoNET ta'lim tarmog‘i Resurs markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Halq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda “Kamolot” YoIH ko‘magida tashkillashtirilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

Tanlovda 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Erkin shaklda tuzilgan insholarni Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ining maxsus yaratilgan guruhida nashr qilish kerak. Inshoda urush ishtirokchisi ismi, yashash joyi, mukofotlari, yutuqlari va boshqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ayniqsa, inshoga biriktirilgan fotosurat va hujjatlar nusxalari insholarni ijobiy tarzda baholanishida ta'sir qiladi. Insholar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov uchun yuborilgan insholar 2017 yilning 19 aprelidan 19 maygacha qabul qilinadi. Tanlov natijalari 2017 yilning 1 iyun kuni e'lon qilinadi.

Eng yaxshi uchta insho mualliflari 12 yoshdan 18 yoshgacha hamda 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nominatsiyalari bo‘yicha Tanlov g‘oliblari UZINFOCOM Markazi mutaxassislaridan tashkil topgan Tanlov Hay'at a'zolari tomonidan aniqlanadi.

Insholarning baholanishida ularning mazmuni, har bir nashrdagi “layk”lar soni hamda fotosuratlar va hujjatlar nusxasi bilan boyitilgani inobatga olinadi.

Tanlov g‘oliblariga taqdim etiladigan sovg‘alar:

1 o‘rin — smartfon;
2 o‘rin — akustik qurilma;
3 o‘rin — mobil telefon.

Tanlovda ishtirok eting, do‘stlaringizga sizga ovoz berishlari uchun qo‘ng‘iroq qiling hamda g‘olib bo‘ling! Bizning qahramonlarimiz to‘g‘risidagi tarixni yig‘ishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Barchamiz uchun Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilarining jasorat va qahramonliklarini abadiylashtirish eng azaliy qadriyatimizdir!

Tanlovning Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan guruhiga havola: 

Top