07:35 / 27.04.2017
7337

Pentagon Turkiyaning kurdlarga bergan zarbalariga munosabat bildirdi

Foto:AP Photo / Charles Dharapak, File

Turkiya Suriya va Iroqdagi kurd harbiy tuzilmalariga zarba berishi haqida Vashingtonni ularni amalga oshirishga bor-yo‘g‘i 1 soatdan kamroq vaqt qolganda ogohlantirgan, deb aytdi IShIDga qarshi koalitsiya vakili, AQSh harbiy-havo kuchlari polkovnigi Jon Dorrian.

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi 25 aprelda Suriya shimolidagi kurd mudofaa kuchlari va Iroqda Kurdiston ishchi partiyasi pozitsiyalariga aviazarbalar berish vaqtida 70 ga yaqin kurd jangchisi halok bo‘lganini ma'lum qildi. 

"Turkiya bizga bergan vaqt nomaqbul bo‘ldi va yetarli bo‘lmadi", deb aytdi Dorrian brifingda va Turkiya o‘z harakatlari haqida koalitsiya bo‘yicha ittifoqdoshlarini "ogohlantirgani, biroq ularni muvofiqlashtirmaganini" qo‘shimcha qildi. 

Dorrianning aytishicha, amerikalik harbiylar zarba berilgan hududdan bor-yo‘g‘i "6 mil uzoqroqda" bo‘lganlar. "Bu operatsiyani o‘tkazishning xavfsiz usuli bo‘lmagan", deb qo‘shimcha qildi harbiy. 

Shu bilan birga Dorrian kurd tuzilmalari aviazarbalar oqibatida qanday yo‘qotishlarga uchraganini aytishdan bosh tortdi va faqatgina ular bo‘lganini tasdiqladi. 

Mavzuga oid
Top