16:14 / 27.04.2017
19051

Trampning «go‘zallik siri» ma'lum bo‘ldi

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp tetik ko‘rinish uchun maxsus vositadan foydalanishi ma'lum bo‘ldi.

Tramp prezident bo‘lishidan oldin Rossiyadagi go‘zallik tanlovlaridan biriga tashrif buyuradi. U uzoq parvozdan keyin o‘zini «epaqaga keltirib olish uchun» mashhur kosmetolog Radjana Jamoliddinova qabulida bo‘ladi.

«Uzoq parvozdan keyin uning yuzini tartibga keltirish uchun men ko‘plab kosmetologlar orasidan tanlab olingan edim. Uning yuzidagi qizarishlar va charchoq alomatlarini ketkazish uchun tez ta'sir qiluvchi protsedura qilgandim», deydi Jamoliddinova.

Uning aytishicha, Tramp tetik ko‘rinish uchun maxsus kremdan foydalanadi. Shuningdek, kosmetolog «muolaja» davomida Tramp undan ko‘zini uzmaganini va ishidan mamnun bo‘lganini alohida ta'kidlagan.

Mavzuga oid
Top