22:59 / 28.04.2017
7104

BMT bosh kotibi qurol-aslaha poygasi boshlanishidan ogohlantirdi

Foto: RIA

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Shimoliy Koreyaning yadroviy faolligiga qarshi qaratilgan harakatlar qurol-aslaha poygasi boshlanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Men mintaqada harbiy taranglik, jumladan xatolar va tushunmovchiliklar xataridan xavotirdaman. Jumladan, men Shimoliy Koreyaning beqarorlashtiruvchi faoliyatiga qarshi harakatlar qurol-aslaha poygasi va keskinlikka olib kelishi mumkinligidan xavotirdaman", deb aytdi Guterrish.

Guterrish tushunmovchiliklar bo‘lmasligi uchun Shimoliy Koreya bilan aloqa kanallarini ochishga chaqirdi.

Mavzuga oid
Top