21:31 / 28.04.2017
6933

Britaniyaning yangi kupyuralarida xatolar aniqlandi

Foto Stefan Wermuth

Angliya bankining yangi 5 funt sterlinglik banknotalarida tinish belgilariga oid xatolar aniqlandi. Yangi kupyurada Angliyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillga tegishli sitatada qo‘shtirnoq va nuqta qo‘yilmagan. 

Kupyurada Cherchill surati yonida uning "Menda sizga qon, mehnat, ko‘z yoshi va terdan bo‘lak taklif qiladigan narsa yo‘q" (I have nothing to offer but blood, toil, tears and sweat) deb aytgan iborasi joylashtirilgan.

"Go‘yoki bu iborani Cherchill emas, 5 funt aytayotgandek taassurot bor. U yerda qoidaga ko‘ra, qo‘shtirnoq va nuqta bo‘lishi kerak", deb aytgan Oksford universiteti o‘qituvchisi Tara Stabbs.

Ma'lum qilinishicha, yangi banknotalar o‘tgan yil oktabrida muomalaga chiqarilgan va ayni vaqtda muomalada bu kupyuralardan jami 400 mln funt sterling aylanmoqda.  

Angliya banki bu e'tirozlarga hozircha izoh bermagan.

Mavzuga oid
Top