09:08 / 28.04.2017
14678

Mahalliy Shivaki konditsionerlari – qulaylik, sifat va ishonchlilik

Tasavvur qiling, siz savdo markazi bo‘ylab aylanib do‘konlarni tomosha qilib yuribsiz yoki katta ofisda ishga berilgansiz. Sizni yoqimli, mayin holat o‘rab olgan va bu muhim narsalarga diqqat qaratishingizda yordam beradi. Buning barchasi siz aylanib yurgan savdo markazi ma'muriyati yoki siz ishlayotgan korxona rahbariyati kanalli konditsionerlar tizimini tanlagani sababli. Kanalli konditsionerlar – bu katta maydonlarni sovutish yoki isitishga mo‘ljallangan yopiq konditsioner tizimidir. Bir necha yil avval bunday tizimni o‘rnatish uchun katta xarajat va sa'y-harakat kerak bo‘lar edi. Sababi kanalli konditsionerlarni faqatgina xorijda xarid qilish mumkin edi. 2015 yilda Artel zavodlarining ishlab chiqarish bazasida mintaqa iqlim sharoitlari va kanalli konditsionerlar tizimiga ortib borayotgan talabi tufayli, O‘zbekistonda ilk bor Shivaki savdo markasi ostida kanalli konditsionerlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, 2016 yilning sentabr oyida Toshkent shaxrida Shivaki kanalli konditsionerlarning birinchi shou-rumi ochildi.

Shou-rumning ochilishi iste'molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi, sababi endilikda poytaxt aholisi va biznes vakillari Shivaki yarim sanoat, sanoat hamda maishiy konditsionerlarining to‘liq assortimenti bilan tanishish va barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ishlab chiqarish va maxsus do‘konning ishlash tartibi shunday yo‘lga qo‘yilganki, siz tayyor konditsionerlar tizimini xarid kilishingiz mumkin. Buning uchun siz shou-rumga kelishingiz va buyurtma berishingiz kifoya qiladi. Firma do‘konining maxsus mutaxassislari sizning talabingiz va istaklaringizdan kelib chiqqan holda kanalli konditsionerlarning to‘g‘ri turini tanlashingizda yordam berishadi hamda tayyor qurilmani montaj ishlarini amalga oshirib berishadi. Shu tariqa, siz Shivaki konditsioner tizimini tanlab, qulay, sifatli va ishonchlili maxsulotga ega bo‘lasiz.

Bugungi kunda Shivaki iqlim qurilmalari assortimentida maishiy, yarim sanoat va sanoat konditsionerlarining quyidagi turlari taqdim etilgan:

Kanalli split tizimlar – umumiy maydoni 200 kvadrat metr bo‘lgan bir necha xonani sovutish imkoniga ega. Tizimlar sovutish va isitishdan tashqari havoni tozalaydi, namlaydi va 20 foizga kislorod bilan to‘yintiradi. Bunday konditsionerlar kichik ofislar, marosim zallari, kichik ishlab chiqarish maydonchalari, kottejlar yoki ko‘p xonali xonadonni sovutishga juda mos tushadi.

Multizonali split tizimlar – bu bitta tashqi blokka ega bo‘lgan, unga esa turli ko‘rinishdagi va quvvatdagi 5 ta ichki blokni ulash imkoniyati bo‘lgan tizimdir. Multizonali split tizimlar faqatgina bir rejimda ishlaydi (isitish yoki sovutish). Bunday turdagi konditsionerlar ixchamlik va o‘rnatish qulayligi, shuningdek, energiyani yuqori tejash va uzoq muddat foydalanish bilan ajralib turadi.

Konditsionerning VRV/VRF tizimlari – katta ofislarni sovutishda ishlatiladi. Bitta tashqi blokka bir necha o‘nlab turlicha ichki bloklar ulanishi mumkin. Bunday tizimning afzalligi energiya tejashning yuqori koeffitsiyentini, shuningdek, ko‘rsatilgan harorat rejimini aniq ushlab turish imkonini beradi.

Chillerlar va Fenkoyllar. Chiller – suyuqlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutish qurilmasi bo‘lib, keyinchalik unda sovutilgan suyuqlik sovutishning lokal tugunlari (fenkoyllar)ga yuboriladi. Konditsionerning bunday tizimida xladagent sifatida suvdan foydalaniladi. Katta maydonga ega ko‘plab xonalarni konditsionerlash uchun qo‘llaniladi.

Bugungi kunda Shivaki kanalli konditsionerlar tizimiga MEDIAPARK maishiy texnika va elektronika do‘konlar tarmog‘i, Art Gallery galereyasi, Macro supermarketlar tarmog‘i, Salom supermarketi va davlat muassasalari ishonch bildirishdi.

Qanday turdagi konditsioner tizimini tanlashingizdan qat'i nazar, Shivaki kanalli konditsionerlari sizga ofis, do‘kon, restoran yoki ma'muriy binoda ajoyib mikroiqlim yaratib beradi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 2

Telefon: +99871 202-22-20

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top