11:16 / 28.04.2017
23423

Tramp: Men oson deb o‘ylagandim

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters agentligi muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdiki, prezidentlik ishi u kutganidan ancha qiyinroq bo‘lib chiqdi.

«Bo‘lib o‘tgan shuncha ishlarga qaramasdan men prezidentlikkacha bo‘lgan davrimni qo‘msayapman. Men bu yerda juda ko‘p ishlayapman. Bu ishni oson deb o‘ylagandim», — deya tan olgan prezident.

U soqchilar qurshovida va doimiy kuzatuv ostida o‘zini ipak qurtidek his qilayotganini aytib o‘tgan.

«Men mashina haydashni yoqtiraman. Endi esa men bu ishni qila olmayapman», — deya qayd etgan davlat rahbari.

Mavzuga oid
Top