00:38 / 29.04.2017
7410

Chernogoriya bosh vaziri mamlakatning NATOga kirishi sababini tushuntirdi

Foto: Reuters

Chernogoriyaning NATOda a'zo bo‘lishi unga uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlaydi, davlatning xavfsizligi va iqtisodiy rivojlanishiga maqbul ta'sir qiladi, deb aytdi Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich 28 aprelda mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida. 

"Chernogoriyaning NATOga a'zo bo‘lishi suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimiz, davlatimiz va fuqarolarimiz xavfsizligining uzoq muddatli kafolati bo‘ladi. Tashkilotga a'zo bo‘lish davlatning yanada rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ladi va Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lida islohotlarni amalga oshirishda ko‘mak beradi hamda davlatimiz, iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz barqarorligini mustahkamlashda tayanch nuqta bo‘ladi", deb aytdi Markovich.

Uning aytishicha, barqarorlik biznes uchun maqbul muhitni va iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirishni ta'minlaydi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda kafolat bo‘ladi.  

"NATOga a'zo bo‘lish Chernogoriyaning xalqaro siyosiy mavqeiga ta'sir ko‘rsatadi. Davlatimiz dunyoning eng rivojlangan davlatlari ittifoqdoshiga va muhim qarorlarni qabul qilishda teng huquqli hamkoriga aylanmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi bosh vazir. 

Uning aytishicha, Chernogoriya kabi kichik davlat uchun "dunyoning eng yirik demokratiyalari va eng rivojlangan iqtisodiyotlari hamjamiyatiga a'zo bo‘lish mintaqaviy va global masalalarda o‘z manfaatlarini ilgari surishning eng yaxshi usuli hisoblanadi". 

Mavzuga oid
Top