09:49 / 29.04.2017
4890

Filippinda “Abu Sayyof” yetakchilaridan biri o‘ldirildi

Filippin harbiylari “Abu Sayyof” guruhi rahbarlaridan biri Al Habsi Misayani yo‘q qilishdi. Bu haqda Associated Press Filippin armiyasi boshlig‘i Eduardo Anoga asosan xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Misaya Sulu viloyatidagi Indanan va Parang shaharlari o‘rtasida dengiz-piyoda askarlari bilan to‘qnashuv vaqtida o‘ldirilgan.

Ta'kidlanishicha, u o‘nlab indoneziyalik va malayziyaliklarni o‘g‘irlashda ayblangan.

“Abu Sayyof” guruhi IShID terrorchilik tashkiloti bilan aloqador.

Mavzuga oid
Top