13:51 / 29.04.2017
5340

Xitoy josuslikda ayblangan AQSh fuqarosini deportatsiya qildi

Foto: AP

Xitoy hukumati josuslikda ayblangan va ikki yil davomida hibsda saqlangan AQSh fuqarosi bo‘lgan ayolni deportatsiya qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Amerikalik Sendi Fan-Jillis 2015 yilning mart oyida, Xitoyni tark etib Makaoga yo‘l olayotgan paytda hibsga olingandi. Uni josuslik uchun 3,5 yillik qamoq jazosiga mahkum etishdi.

Fan-Jillisning turmush o‘rtog‘i ma'lum qilishicha, u Los-Anjyelesga juma kuni yetib kelgan. Fan-Jillis advokati ish tafsilotlarini undagi “davlat sirlari” tufayli keltirishdan bosh tortdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy hukumati ayolni 1996 yilda mamlakatga ikki bora josuslik missiyasi bilan kelgani va FQBga ishlaganlikda ayblagan.

Top