14:32 / 29.04.2017
6605

Iordaniya: Arab davlatlari bilan tinchlikka erishish uchun, Isroil Falastinni tark etishi lozim

Foto: Flickr

Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safodiy rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida ma'lum qilishicha, arab davlatlari Isroil xavfsizligini, u Falastin hududini tark etsa, kafolat beradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Isroil arablar bilan tinch-totuvchilikda yashashi uchun, u 1967 yildan so‘ng egallab olgan yerlarini tark etishi lozim. Shu tariqa, agarda bu amalga oshsa, arab davlatlari Isroilga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor bo‘ladi», - degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyatiga «mustaqil Falastin davlatini tashkil etish hamda unga Isroil bilan yonma-yon tinch-totuvlikda yashash imkonini beruvchi yangi siyosiy yo‘lni topish lozim».

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel bilan uchrashuvni Falastin bo‘yicha fikrlar qarama-qarshiligi tufayli bekor qilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top