14:39 / 29.04.2017
7565

Lavrov: Rossiya AQSh bilan Suriya bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor 

Foto: kp.ru

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta'kidlashicha, Moskva Vashington bilan Suriya bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor.

Bu haqda Lavrov Iordaniya TIV rahbari Ayman as-Safodiy bilan uchrashuvida ma'lum qilgan.

«Biz Iordaniya qiroli Abdulla II Suriya mojarosini hal qilish bo‘yicha jahon hamjamiyati harakati samarali bo‘lishi uchun Rossiya va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar muhim o‘rin tutishi haqida gapirganini bir necha bora eshitganmiz. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, biz bunga to‘liq tayyormiz. Umid qilamizki, Vashington ham shunday fikrda bo‘ladi», - degan Lavrov.

12 aprel kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Lavrov bilan matbuot anjumanida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishini to‘xtatish lozimligi haqida ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, tomonlar «barcha uchun muhim bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni tiklashi lozim».

Mavzuga oid
Top