12:18 / 29.04.2017
5022

NATO bosh kotibi: “Koreya yarim orolidagi vaziyatni hal qilishga alyansni jalb qilish muhokama etilmayapti”

Koreya yarim orolidagi muammoni hal qilishga NATOni jalb qilish borasida muhokamalar olib borilmayapti. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"O‘tgan hafta Oq uyda ko‘p vaqt o‘tkazdim va shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, NATOning Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘rni haqida hech qanday muhokamalar yo‘q", - degan u.

Avvalroq KXDR Pxyonan-Namdo viloyatidan ballistik raketani uchirgani hamda sinov muvaffaqiyatsiz yakun topgani haqida xabar bergandik

Top