12:17 / 29.04.2017
41669

NI AQSh Rossiya va Xitoy bilan qanday urush olib borishini taxmin qildi

Foto: AFP

Amerika harbiylari kelajakda Rossiya va Xitoy kabi raqiblariga qarshi turish bo‘yicha taxminiy rejaga ega, deyiladi The National Interest jurnalida chop etilgan maqolada. Maqola muallifi, Leksington instituti vitse-prezidenti va Pentagonning sobiq xodimi Daniel Gure shunday fikrni bildirmoqda. 

Yaqinginada mudofaa ma'muriyati yangi ishlanmalarga mablag‘lar kiritish zaruratiga duch keldi. Bunga AQSh ehtimoliy raqiblarining Vashington harbiy ustunligiga munosib javob tayyorlagani sabab bo‘ldi. 

Mudofaa sohasiga kiritiladigan sarmoyalar dasturini Uchinchi qarshilik ko‘rsatish strategiyasi (Third offset strategy) deb atashdi.

Gure maqolasida Vashington nima uchun yangi ishlanmalarga juda muhtojligini izohlashga harakat qilgan. 

Bugungi kunda Rossiya va boshqa raqiblar AQSh va NATOning ehtimoliy harbiy ustunligiga qarshi qaratilgan turli vositalar, taktika, texnika va tuzilmalarga yirik mablag‘ va kuch sarfladi. Bundan tashqari, ular tezkor hujum qilishning o‘z strategiyasini ishlab chiqishmoqda. 

Vashington esa mudofaa sohasidagi strategiyasini 2014 yilda qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Aynan o‘sha yili Pentagon Mudofaa innovatsiyalari tashabbusi deb nomlanuvchi dasturni e'lon qildi. U Qarshilik ko‘rsatish uchinchi strategiyasini boshlab berdi. 

Tashabbus mualliflari eng ilg‘or texnologiyalar va tizimlardagi olg‘a siljishlarni aniqlashni qasd qilishdi. Xususan, robotsozlik, muqobil tizimlar, texnikalarni kichiklashtirish, katta miqdordagi ma'lumotlarni yuborish va yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan 3D-nashr imkoniyatlari o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi. 

Ammo, muallifning so‘zlariga ko‘ra, yangi qarshi turish strategiyasi "texnologik istaklar ro‘yxati"dan iborat bo‘lmasligi kerak. Kimlar uchundir bu ulkan natija bo‘lib ko‘rinmoqda.

Gure yangi strategiyani ishlab chiqishda Pentagon nimalarga diqqat qilishi borasida o‘z fikrlarini ilgari surdi. Bunda A2AD tizimlari ostida cheklangan hujum qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan raqibga qarshi turish masalasini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi, deydi muallif. 

Gure, shuningdek, Qarshilik ko‘rsatish uchinchi strategiyasidagi Amerika allaqachon foydalana oladigan imkoniyatlarni ham sanab o‘tadi. Xususan, bu kam seziladigan beshinchi avlod qiruvchi-bombardimonchi F-35 samolyotidir. U, muallif fikricha, "havo jangining mutlaq yangi ko‘rinishini namoyish eta oladi".

Pentagonning yana bir yangi strategiyasi havo hujumidan mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini takomillashtirish bo‘lishi darkor. Bu Rossiya, Xitoy va boshqa ehtimoliy raqiblarda ballistik raketalar zaxirasi ortayotgan bir vaqtda juda zarurdir. 

Bundan tashqari, AQSh, deb yozadi Gure, yaqinda dronlar, qanotli raketalar, artilleriya snaryadlari va minalarnii urib tushira oladigan ko‘p maqsadli uchirish tizimini sinovdan o‘tkazdi. 

Muallif yana lazer qurolini ham yodga olar ekan, bunday kuchli qurollar yaqin 10 yilda Amerika harbiy kemalarida paydo bo‘lishini taxmin qiladi. 

Va nihoyat, yangi strategiyaning yana bir yo‘nalishi tanklar va zirxli texnikalarni modernizatsiya qilish bo‘lishi kerak. Gurening fikricha, AQSh Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga boradigan bo‘lsa, birinchi galda uning quruqlikdagi qo‘shinlarining birinchi eshelonini yo‘q qilishi talab etiladi. 

Maqola muallifi, yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilar ekan, Pentagon ushbu qurollarni yetarli miqdorda qo‘llashga va ularni xarid qilish uchun byudjyetdan zaruriy mablag‘larni ajratishga jur'ati yetarmikan, deya savol bilan murojaat qiladi. 

Top