14:16 / 29.04.2017
8211

Povetkin IBO reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Foto: TASC

Rossiyalik o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin, reyting janglarini o‘tkazmayotgan bo‘lsa-da, Xalqaro boks tashkiloti (IBO) reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda. 

Reytingning birinchi o‘rnida ukrainalik Vladimir Klichko joy olgan bo‘lsa, uchinchida bolgariyalik boks ustasi Kubrat Pulev bormoqda. Avvalroq, Povetkin ushbu reytingning uchinchi o‘rnida edi. 

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon boks kengashi (WBC) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) Povetkinni o‘z reytingidan chiqarib yuborgan, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) hatto bokschini o‘z reytingiga qaytarishni rad etdi. Bunga WBC "muvaqqat" chempionligi uchun jang oldidan 2016 yil 6 dekabrda olingan doping namunasi ijobiy natija bergani sabab bo‘ldi. O‘shanda, kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi Yekaterinburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan boks kechasidan avval Povetkin doping namunasidan ostarin moddasi chiqqan edi. 

2017 yil iyunda Povetkinga nisbatan qo‘llanilgan shartli diskvalifikatsiya poyoniga yetadi. Bu esa, 2017 yil 1 iyul kuni rejalashtirilayotgan jang oldidan u hech qanday cheklovga ega bo‘lmasligini anglatadi. 

Mavzuga oid
Top