19:07 / 29.04.2017
8115

Tarmoqda LG’ning yangi smartfoni ilk suratlari paydo bo‘ldi

Technobuffalo.com internet sayti LG G6’ning yangi kichraytirilgan nusxasi haqida ilk tafsilotlarni taqdim etdi.

Ma'lum bo‘lishicha, LG G6 Mini 5,4 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, u LG G6 kabi – 18:9 tomonlar nisbatiga ega. Yangi smartfon rasman qachon chiqarilishi noma'lum.

@TheAndroidSoul

Fevralda kompaniya ikkita yangi savdo markasi: LG G6 Mini va LG G6 Lite’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu esa LG G6’ning kichraytirilgan nusxasi chiqarilishi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, LG 2014 yilda ham kichik modellardan birini taqdim etgandi – o‘shanda G2 mini smartfoni taqdim etilgan.

@TechnoBuffalo

 

Top