20:11 / 30.04.2017
6944

«Chelsi» «Everton»ni taslim qildi

Angliya chempionatining 35-turida «Everton» «Chelsi»ni qabul qildi. «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Barcha gollar ikkinchi bo‘lim vaqtida urildi. Gollarga Pedro Rodriges, Gari Kexill va Villian mualliflik qilishdi.

Endilikda «Chelsi» 81 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirgan va eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 7 ochkoga ortda qoldirgan.

Angliya chempionati
35-tur

Everton – Chelsi 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 66 Pedro, 0:2 – 79 Keyxill, 0:3 – 86 Villian.
Everton – Stekelenburg, Djagelka, Beyns, Xolgeyt, Uilyams, Guyye, Devis, Barkli, Lukaku, Valensiya (Kone, 72), Kelvert-Lyuin (Miralyas, 72).
Chelsi – Kurtua, David Luiz (Ake, 82), Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Fabregas, 82), Kante, Azar (Villian, 85), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Keyxill (35), Kelvert-Lyuin (38), Aspilikueta (40), Diyego Kosta (56), Valensiya (58), Azar (75), Guyye (78).

Top