18:43 / 30.04.2017
6870

Devid Kemeron 25 ming funtga dizaynerlik furgonini xarid qildi

Foto: bbc.com

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron kichik furgon xaridiga 25 ming funt sarfladi. Kemeron unda kitob yozish bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqida BBC ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, furgonga o‘xshash ajoyib vagonni u o‘z uyi hovlisiga joylashtirgan. 

Vagon ichi haqiqiy uyga o‘xshaydi, unda nafaqat divan-karavot, balki pech ham bor. 

Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, bunday noyob "hujra" paydo bo‘lishi bilan oila a'zolari undan foydalanish borasida bahslashib qolishgan. 

"Mening farzandlarim undan bolalar o‘ynaydigan xona sifatida foydalanishmoqchi. Men esa unda kitoblar yozishni rejalashtiryapman, o‘g‘illarim esa uning qo‘shimcha yotoqxona bo‘lishini istashmoqda", - dedi u.

Foto: bbc.com

Ta'kidlash joizki, bir vaqtlar Kemeron o‘zining Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidagi faoliyati haqida so‘zlovchi tarjimai holini yozmoqchi ekanligi to‘g‘risida aytgan. 

Foto: bbc.com
Mavzuga oid
Top