16:37 / 30.04.2017
45208

OAV Joshua Klichko bilan jang orqali qancha ishlab olgani haqida xabar topdi

Foto: Reuters

Boksning super-og‘ir vaznida IBF, WBA va WBO kamarlari egasiga aylangan britaniyalik Entoni Joshua ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi jang tufayli 15 mln funt miqdoridagi mablag‘ ishlab olgan. Bu haqda Britaniyadagi The Mirror xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, ikki bokschiga jangdagi ishtirok uchun 10 mln funtdan gonorar tayinlangandi. Ammo bu miqdor bahs translyatsiyasidan tushgan mablag‘ ko‘p bo‘lgani uchun ortgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Joshua va Klichko o‘rtasidagi chempionlik jangi translyatsiyasidan tushgan mablag‘ 48 mln funtni tashkil etgan, bu esa britaniyalik bokschining daromadiga yana 5 mln funt qo‘shgan.

Entoni Joshua Vladimir Klichkoga qarshi kechgan yil jangining 11-raundida raqibini nokautga uchratdi.

Bundan oldinroq bu 27 yoshli bokschi Klichko bilan revanshga qarshi bo‘lmasligini bildirgandi.

Mavzuga oid
Top