17:12 / 30.04.2017
4719

Ozarboyjonda «Boku marafoni-2017» bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Anadolu

Ozarboyjon poytaxtida «Shamolni mag‘lub qil!» shiori ostida «Boku marafoni-2017» bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi

Haydar Aliyev fondi tashabbusi bilan tashkil qilingan marafon maqsadi - sport rivojini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xayrli g‘oyalar yo‘lida insonlarni birlashtirish. 

Toshkent markazida sport marafoni tufayli katta tirbandliklar yuzaga keldi (foto)

Marafonda Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Ozarboyjon hukumati vitse-premeri Yagub Eyubov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Madat Guliyev, ta'lim vaziri Mikail Jabborov, shuningdek parlament deputatlari, diplomatik miyassiyalar vakillari, sportchilar va 13 mingdan ziyod oddiy fuqaro qatnashmoqda. 

Foto: Anadolu

Marafon 21 kilometr masofada - Davlat bayrog‘i maydonidan to Boku Olimpiya stadionigacha o‘tkazilmoqda.

Marafonda ilk 10 o‘rinni olgan ishtirokchilar pul mukofotlari va sovg‘alarga ega bo‘lishadi. Turkish Airlines aviakompaniyasi tadbir homiylaridan biri hisoblanadi.

Foto: Anadolu

Fotojamlanma: O‘zbekiston bo‘ylab ommaviy yugurish g‘oliblari aniqlandi 

Mavzuga oid
Top