09:00 / 30.04.2017
19707

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga O‘sh viloyati O‘zgan tumanida 2017 yil 29 aprel kuni sodir bo‘lgan tuproq ko‘chkisi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirdi.

«Mening chuqur ta'ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg‘iziston xalqiga, jumladan, halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman», — deyiladi O‘zA tomonidan keltirilgan O‘zbekiston prezidentining Qirg‘iziston prezidentiga yo‘llagan maktubida.

Qirg‘izistonda 29 aprel kuni ro‘y bergan yer ko‘chkisi oqibatida 24 kishi qurbon bo‘ldi. Shu munosabati bilan 30 aprel motam kuni deb e'lon qilingan.

Qirg‘izistondagi ko‘chki: odamlar ogohlantirishlarga qaramay, o‘z uylarini tark etishni istashmagan

Top