17:57 / 30.04.2017
3640

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa tashuvchisining parvozini boshqa kunga ko‘chirdi

Foto: SpaceNews

Orbitaga razvedka sun'iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketa tashuvchisining parvozi startga bir daqiqadan kamroq vaqt qolganda boshqa kunga ko‘chirildi. SpaceX kompaniyasi shu haqida ma'lum qildi. 

Kompaniyada xabar berilishicha, boshqa kunga ko‘chirish qarori texnik sabablar bilan izohlangan. 

Raketa Kanaveraldagi kosmodromdan uchishi kerak bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top