11:15 / 30.04.2017
43575

«Uembli»da superboks: Yil jangining eng asosiy lahzalari

Foto: Reuters

30 aprelga o‘tar kechasi Londondagi «Uembli» stadionida super-og‘ir vazn toifasidagi IBO, IBF va WBA yo‘nalishlari chempionligi uchun 41 yoshli  Vladimir Klichko va 27 yoshli Entoni Joshua o‘rtasida yil jangi bo‘lib o‘tdi. Jangning 11 raundida Vladimir Klichko texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.

Jangning 5-raundida Klichko nokdaun holatiga tushib qoldi, 6-raundda esa uning o‘zi britaniyalik yosh raqibini ringga qulatdi - nokdaun. 11-raundda esa Joshua Klichkoni ikki marta yiqitdi. Vladimir o‘rnidan turib jangni davom ettirganida Joshua yana keskin hujumga o‘tdi va referi jangni to‘xtatdi.

Klichko qaytdi va yil jangida mag‘lub bo‘ldi

 Ushbu jangning eng asosiy lahzalaridan fotoreportaj tayyorlandi.

 

Mavzuga oid
Top