20:01 / 30.04.2017
12735

Jasurbek Latipov Osiyo chempionatidagi ilk jangini g‘alaba bilan boshladi

Foto: Facebook.com/ASBC

Toshkentning “O‘zbekiston” sport majmuasida 29-Osiyo chempionati saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng 52 kggacha vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi. Birinchi bo‘lib musobaqa mezboni – O‘zbekiston vakili Jasurbek Latipov Pokiston vakili Asif Saifga qarshi jang olib bordi. 

Qur'a natijasiga ko‘ra, ushbu juftlik g‘olibi qirg‘izistonlik bokschi Usenaliyev Azatga qarshi 2 may kuni jang qilishi kerak. 

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Jasurbek Latipov g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi. 

Ertaga 1 may kuni o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi – Hasanboy Do‘smatov (49kg), Murodjon Ahmadaliyev (56kg), Iqboljon Xoldorov (64kg), Isroil Madrimov (75kg) va Sanjar Tursunov (91kg) ringga ko‘tarilishadi.  

Mavzuga oid
Top