20:22 / 01.05.2017
12058

29-Osiyo chempionati 49 kggacha vazn toifasi chorak finalchilari ma'lum bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining 46-49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschilarning chorak finalda ishtirok etuvchilar nomlari ma'lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Yerjon Jo‘martga qarshi ringga ko‘tariladi. Qolgan juftliklar esa quyidagicha:

Amit (Hindiston)                                 –            Kuangi Langu (Indoneziya)
Ganghuyag Gan Erdin (Mo‘g‘uliston)       –            He Junjun (Xitoy)
Al Masri Hussin (Suriya)                     –           Ladon Rogen (Filippin)

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov chempionat doirasidagi ilk jangida shri-lankalik raqibi Palleha Tsivankani mag‘lub etdi.

Hozirda 75 kg vazn toifasidagi bokschilarning kurashi bo‘lib o‘tmoqda. Unda akrobat bokschimiz Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Mavzuga oid
Top